Òåñò: O'zbek Tili - test 4


Ñïèñîê âîïðîñîâ


1. Yurtimizdagi qaysi shahar “Tangri bezagi”, “Tangri jilosi” yoki “Tangri jamoli” ma’nolarini anglatadi?

1) Toshkent
2) Buxoro
3) Navoiy
4) Samarkand

2. Mashhur “Mona Liza” portretining muallifi kim?

1) Petrov
2) Pikasso
3) Leonardo do Vinchi
4) Rafael Santi

3. … janridagi asarlarda jonsiz narsalar tasvirlanadi. Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni tanlang.

1) naturmort
2) portret
3) animalistik
4) batal

4. Hayvonlar tasviriga oid asarlar … janrga mansub bo‘ladi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang.

1) naturmort
2) portret
3) batal
4) animalistik

5. Suvli manzara tasviriga oid ishlar … janrga mansub bo‘ladi.

1) portret
2) marinistik
3) naturmort
4) batal

6. Tuzilishiga ko‘ra so‘zlarning qanday turlari mavjud?

1) sodda, qo‘shma, juft, takror
2) sodda va murakkab
3) tarixiy va arxaik
4) sinonim, omonim, antonym, paronim

7. Qo‘shimcha qo‘shish yordamida yangi so‘z yasalishi qanday atama bilan yuritildi?

1) kompozitsiya
2) konversiya
3) semantic
4) affiksatsiya

8. Qo‘ziqorin, achchiqtosh, ko‘zoynak kabi so‘zlar qanday usul bilan yasalgan?

1) affiksatsiya
2) konversiya
3) kompozitsiya
4) semantik

9. “Men o‘z g‘alabamni O‘zbekiston mustaqilligiga bag‘ishlayman. Qayerda bo‘lishim, qaysi mamlakatda jang o‘tkazishimdan qat’iy nazar, men uchun O‘zbekiston sporti sha’nini himoya qilishdan ko‘ra muqaddasroq narsa yo‘q.” Ushbu fikrlar qaysi mashhur bokschiga tegishli?

1) Rufat Risqiyev
2) Ruslan Chagayev
3) Artur Grigoryan
4) Artur Taymazov

10. Kim hadis ilmida “amir al-mo‘miniyn” unvoniga sazovor bo‘lgan?

1) Imom al- Buxoriy
2) Hakim at-Termiziy
3) as-Samarqandiy
4) Ismoil Buxoriy

11. “Al jome’ as-sahih” asarining mallifi kim?

1) as-Samarqandiy
2) Hakim at-Termiziy
3) Imom al-Buxoriy
4) Ismoil Buxoriy

12. Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMTning nechanchi sessiyasida imom al-Buxoriy haqida gapirdi?

1) 55
2) 62
3) 65
4) 72

13. Navro‘z so‘zi o‘zbek tilida qanday ma’noni anglatadi?

1) yangi yil
2) yangi kun
3) yangi oy
4) yangi fasl

14. Sendek menga bir yori jafokor topilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas. Ushbu bayt muallifi kim?

1) Bobur
2) Navoiy
3) Lutfiy
4) Atoiy

15. So‘zlashuv uslubining qanday turlari mavjud?

1) og‘zaki va yozma
2) adabiy va oddiy
3) oddiy va rasmiy
4) adabiy va badiiy

16. Eshitganimni yoddan chiqaraman, ko‘rganimni eslab qolaman, mustaqil bajarsam tushunib yetaman. Ushbu falsafiy fikrlar muallifi kim?

1) Yassaviy
2) Tagor
3) Konfutsiy
4) Lao Tszi

17. Jahon miqyosida choy yetishtirish bo‘yicha hozir qaysi mamlakat birinchi o‘rinda turadi?

1) Xitoy
2) Shri-Lanka
3) Hindiston
4) Tayland

18. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gai qonuni qachon yangi tahrirda qabul qilingan?

1) 1989-yil 21-oktabr
2) 1990-yil 1-sentabr
3) 1992-yil 31 avgust
4) 1995-yil 21-dekabr

19. O‘zbek-lotin alifbosida nechta harf va harflar birikmasi bor?

1) 29 ta harf va 3 ta harflar birikmasi
2) 23 ta harf va 6 ta harflar birikmasi
3) 27 ta harf va 3 ta harflar birikmasi
4) 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi

20. O‘zbek tilida unli tovushlar va ularning yozuvdagi ifodasi nechta?

1) 8 ta
2) 7 ta
3) 6 ta
4) 9 ta

21. O‘zbek tilida undosh tovushlarni ifodalovchi harflar va harflar birikmasi nechta?

1) 20 harf 5 ta harflar birikmasi
2) 20 harf 3 ta harflar birikmasi
3) 20 harf 4 ta harflar birikmasi
4) 21 harf 3 ta harflar birikmasi

22. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gai qonuni necha moddadan iborat?

1) 24 ta
2) 26 ta
3) 20 ta
4) 30 ta

23. O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonuni qachon qabul qilingan?

1) 1989-yil 21-oktabr
2) 1991-yil 1-sentabr
3) 1993-yil 2-sentabr
4) 1995-yil 6-may

24. So‘zlarning qaysi biri xatosiz yozilgan?

1) Samarkant
2) Samarqan
3) Samarkand
4) Samarqand

25. Jamol” so‘zining sinonimini aniqlang.

1) ko'z
2) go'zal
3) yuz
4) ming

26. So‘zlarning qaysi biri to‘g‘ri yozilgan?

1) sho‘rva
2) shurva
3) sho‘rpa
4) sho‘rbo

27. “Oziq” so‘zining juftini aniqlang.

1) nonushta
2) ovqat
3) ozuqa
4) tushlik

28. 1. erta 2. bu yil. 3. keldi. 4. bahor. So‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, gap tuzish mumkin bo‘lgan qatorni aniqlang.

1) 1.2.4.3.
2) 2.1.3.4.
3) 4.1.3.2.
4) 2.4.1.3.

29. 1) tort. 2) to‘rt. 3) tur. 4) to‘r. Ushbu so‘zlar o‘z o‘rniga to‘g‘ri qo‘yiladigan qatorni toping. 1. Sen zudlik bilan joyingdan… . 2. Bizga baliq tutadigan … kerak. 3. Sen uning qo‘lidan … .4. Uning ko‘zi … bo‘ldi.

1) 3,4,1,2.
2) 2,1,4,3.
3) 2.1.3.4.
4) 4.1.3.2.

30. O‘zbek tilida kelishiklar soni nechta?

1) 6 ta
2) 5 ta
3) 4 ta
4) O‘zbek tilida kelishik kategoriyasi yo‘q.

31. aysi gapda kelishik qo‘shimchasi xato yozilgan?

1) Har yili Samarqandga yuz minglab sayyohlar kelishadi.
2) Samarqandda tarixiy obidalar juda ko‘p.
3) Samarqand dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri.
4) Samarqandni nonlari tegirmonda tortilgan undan yopiladi.

32. Egalik qo‘shimchlari to‘g‘ri qo‘llanmagan qatorni toping.

1) Kitobingizning sahifalari yertilgan edi.
2) Qo‘lingdagi kitobni menga bering.
3) Itning turqidan qo‘rqqulik edi.
4) Bu so‘zimizning isbotini endi ko‘rasiz.

33. Qaysi kelishikning qo‘shimchasi to‘g‘ri qo‘yilgan?

1) Tushum kelishigi -da.
2) Qaratqich kelishigi -dan.
3) Chiqish kelishigi -dan.
4) O‘rin-payt kelishigi -ga.

34. Kelishiklrning so‘roqlari to‘g‘ri berilgan qatorni toping.

1) Chiqish kelishigi Kimning? Nimaning?
2) O‘rin-payt kelishigi Kimdan? Nimadan?
3) Qaratqich kelishigi Kimga? Nimaga?
4) Tushum kelishigi Kimni? Nimani?

35. Egalik qo‘shimchlarining shaxsda to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.

1) -im, -m 3-shxs birlik.
2) -ing, -ng 2-shxs birlik.
3) -i, -si 1-shxs birlik.
4) -i, -si, -lari 3-shxs birlik.

36. Yer kurrasin boshin tang‘idik. Ushbu misrada qaysi kelishiklar qo‘shimchasi qisqargan holda qo‘llangan?

1) Qaratqich, tushum.
2) Qaratqich, chiqish.
3) Qaratqich, qaratqich.
4) Qaratqich, jonalish.

37. Egalik qo‘shimchlarining kishilik olmoshlari bilan to‘g‘ri qo‘llanadigan qatorni aniqlang.

1) Sizning -ng, -ing.
2) Mening -i, -si.
3) Senning, uning -miz, -imiz, -ngiz, -ingiz.
4) To‘g‘ri javob yo‘q.

38. Kesimi shaxs va sonda to‘g‘ri tuslangan gapni toping.

1) Men ertalab Toshkentdan kelding.
2) Biz har galgidek o‘z vaqtida keldik.
3) Sen ikkita kitob sotib oldim.
4) Siz nega yolg‘on gapirdi?

39. Shaxs-son qo‘shimchlari to‘g‘ri qo‘llangan gapni aniqlang.

1) Ular o‘z vaqtida yetib keldikmi?
2) Biz ko‘chani kesib o‘tyapman.
3) U o‘zini yaxshi his qilyapsiz.
4) Men kitoblarni kutubxonaga bugun topshiraman.

40. Qaysi gapda zamon va shaxs-son qo‘shimchasi noto‘g‘ri qo‘llangan?

1) Biz ertaga o‘rtoqlarimiz bilan muzeyga boramiz.
2) Biz kecha ikkita fandan sinov topshirdik.
3) Biz shaharning u chetida yashaymiz.
4) Biz ertaga bog‘da sayr qildik.

41. Fe’ldan yasalgan atoqli otlarni aniqlang.

1) Quvondiq, O‘lmas, Ochil.
2) Asal, Lola, Rayhon, Anor.
3) Shirin, Jasur, Mahkam, Ortiq.
4) Qo‘chqor, Arslon, Olmaxon, Bo‘ri.

42. Sifatdan yasalgan atoqli otlarni aniqlang.

1) Temir, Po‘lat, Tesha, Qilich.
2) Lochin, Qo‘zi, Chori, Dagar.
3) Nodir, Barno, Go‘zal, Botir.
4) Bo‘ron, O‘rmon, Bodom, Shakar.

43. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.

1) Ishonsh, ixtisod, yutal.
2) Kabop, koftok, bog‘sha.
3) Maxkam, otlik, kuprik.
4) Vijdon, ko‘ylak, bulbul.

44. Ibora to‘g‘ri izohlangan qatorni toping.

1) Nur ustiga a’lo nur – juda ham yaxshi emas.
2) Panja orasidan qaramoq – e’tiborsizlik qilmoq.
3) Indamagan sari boshga chiqadi – vijdoni qiynalyapti.
4) Ko‘zlari olayib ketdi – rosa xurasand bo‘ldi.

45. 194. So‘z noto‘g‘ri qo‘llangan qatorni toping.

1) Ha, basharangni yel yesin, turqi sovuq.
2) Basharangni boshqa ko‘rsatma, xo‘pmi!
3) Sen basharamizni yerga qaratding, nomard.
4) Xo‘jalikda qoramollar soni qancha?

46. Daryo toshqin, suvlar salqin, o‘tolmayman. Ushbu gap mazmunan qanday gap?

1) Buyruq gap.
2) So‘roq gap.
3) Darak va undov gap.
4) Darak gap.

47. Javoblarning qaysi birida sinonimik qator noto‘g‘ri berilgan?

1) Qari, keksa, o‘rta yosh.
2) Do‘st, o‘rtoq, birodar.
3) Mo‘min qobil, yuvvosh.
4) Ulug‘, buyuk, ulkan.

48. Javoblarning qaysi birida antonimlar noto‘g‘ri berilgan?

1) katta – kichik
2) yig‘la – yig‘lama.
3) rost – yolg‘on
4) oq – qora

49. Javoblarning qaysi birida omonim so‘zlar berilgan?

1) Ovsar, suvsar, qaysar.
2) Otliq, qiyshiq, tesha, kel.
3) Ota, ishla, qishla, borma.
4) Ot, o‘t, ko‘z, dor.

50. Sinonimlar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.

1) yuz, oraz, ruxsor, chiroy.
2) o‘rtoq, do‘st, birodar, jo‘ra.
3) kulmoq, jilmaymoq, tabassum.
4) dono, oqil, mo‘ysafid.

51. Antonimlar qatorini toping.

1) ot-o‘t, tut-tot, tor-dor.
2) keldi-kelmadi, o‘qidi-o‘qimadi, oldi-olmadi.
3) uzun-qisqa, keldi-ketdi, shirin-achchiq.
4) aytdi-qo‘ydi, oldi-ketdi, chiqdi-ketdi.