Òåñò: O'zbek Tili - test 3


Ñïèñîê âîïðîñîâ


1. “Hibat-ul haqoyiq” asarining muallifi kim?

1) Yusuf Xos Hojib
2) Ahmad Yugnakiy
3) Mahmud Koshg‘ariy
4) Àlisher Navoiy

2. “Davlat tili haqida”gi qonunning 1-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida nima deyilgan?

1) O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
2) Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi.
3) Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi.
4) Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarning ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.

3. Milliy bayrog‘imizdagi qaysi rang yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham shu rangda edi.

1) oq
2) qizil
3) moviy
4) yashil

4. Bayroqdagi qaysi rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Bu rang poklik, beg‘uborlik, soflik, orzu va xayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsollari.

1) moviy
2) qizil
3) yashil
4) oq

5. Bayroqdagi qaysi rang – tabiatning yangilanishi ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.

1) moviy
2) qizil
3) yashil
4) oq

6. Bu so‘z nemischa “Erbo” so‘zidan olingan bo‘lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan-naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi. Bu so‘z...

1) bayroq
2) gerb
3) gimn
4) madhiya

7. Qaysi javobda imloviy xatolik uchramaydi?

1) “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “Oltin yulduz” medali
2) “O‘zbekiston qahramoni” unvoni, “Oltin Yulduz” medali
3) “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “Oltin Yulduz” medali
4) Markaziy Osiyo, 1-Yanvar

8. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Ushbu fikrlar “Davlat tili haqida”gi qonunning qaysi moddasida aytilgan?

1) 7-moddada
2) 10-moddada
3) 1-moddada
4) 24-moddada

9. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi. Ushbu fikrlar “Davlat tili haqida”gi qonunning qaysi moddasida aytilgan?

1) 1-moddada
2) 7-moddada
3) 10-moddada
4) 24-moddada

10. Salom Allohning ismlaridan biridir. O‘rtalaringizda salomni yoyingiz. Ushbu jumlalarni qayerda uchratgansiz?

1) Navoiy ijodida
2) Koshg‘ariy ijodida
3) Yugnakiy ijodida
4) Hadislarda

11. Axloq-odob tavsifidagi kitoblarda “Assalomu alaykum” deyilganda, … deb javob qaytarish to‘g‘ri hisoblangan. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang.

1) Va alaykum assalom
2) Assalom
3) Salom
4) Salomu alaykum

12. Amir, xonlarning qabulxonasi … deb nomlanib, uning xizmatchisi …deb yuritilgan. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang.

1) o‘rda, eshik og‘asi
2) o‘rda, salom og‘asi
3) salomxona, saroybon
4) salomxona, salom og‘asi

13. Chiroyli, go‘zal, ko‘hlik, xushro‘y sinonimik qatoridagi dominantani toping.

1) go'zal
2) chiroyli
3) ko'hlik
4) xushro'y

14. Notiqning so‘z boyligi ko‘pligini, nutqi rang-barangligini ta’minlovchi so‘zlar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.

1) sinonimlar
2) omonimlar
3) antonimlar
4) paronimlar

15. Qaysi buyuk bobomiz tarixda Aristoteldan keyin “Ikkinchi muallim” deb ulug‘langan?

1) Beruniy
2) Zamaxshariy
3) Forobiy
4) Navoiy

16. Forobiydan bizga qancha ilmiy merosi yetib kelgan?

1) 60 ta
2) 40 ga yaqin
3) 70 ga yaqin
4) 160 dan ortiq

17. So‘zning ma’noli qismlari to‘g‘ri tartibda joylashgan javobni toping?

1) Asos + so‘z yasovchi + lug‘aviy shakl yasovchi
2) Asos + lug‘aviy shakl yasovchi + so‘z yasovchi + sintaktik shakl yasovchi
3) Asos+ sintaktik shakl yasovchi+ lug‘aviy shakl yasovchi+ so‘z yasovchi
4) Asos+ so‘z yasovchi + lug‘aviy shakl yasovchi+ sintaktik shakl yasovchi

18. Forobiy matematika, tibbiyot, astronomiya, kimyo, mantiq, musiqashunoslik, falsafa va boshqa fanlarga doir ... dan ortiq asar yozgan. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang.

1) 40
2) 60
3) 150
4) 160

19. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, “...u 70 dan ortiq tilda erkin so‘zlashgan”. Ushbu faktlar qaysi alloma bobomiz haqida?

1) Farobiy
2) Beruniy
3) Ibn Sino
4) Xorazmiy

20. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomli asar muallifi kim?

1) Farobiy
2) Beruniy
3) Xorazmiy
4) Ibn Sino

21. O‘zbekiston Respublikasining Davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarashning taqiqlanganligi “Davlat tili haqida”gi qonunning qaysi moddasida yozilgan?

1) 24-modda
2) 14-modda
3) 4-modda
4) 2-modda

22. Ibn Sinoning qaysi kitobi ko‘p asrlar davomida Yevropa va qator Sharq mamlakatlarida tibbiyotdan asosiy darslik bo‘lib keldi?

1) Urjuzalar
2) Hay ibn Yaqzo
3) Tib qonunlari
4) Uyg'oq o'g'li tirik

23. Maqolni davom ettiring: Ovqatni tuz mazali qiladi, odamni – … .

1) so'zi
2) yuzi
3) ko'zi
4) o'zi

24. Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobi necha qismdan iborat?

1) 3 qismdan
2) 4 qismdan
3) 5 qismdan
4) 6 qismdan

25. Tilingda bo‘lsa boling, …

1) yorug‘dir istiqboling
2) yaxshi bo‘lar ahvoling
3) kulib turar iqboling
4) daryodan o‘tar soling

26. Ko‘pgina xalqlarning islom dinigacha bo‘lgan tarixi, madaniyati, kalendarlari haqida ajoyib ma’lumotlar Beruniyning qaysi asarida uchraydi?

1) Hindiston
2) Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar
3) Metafizika
4) Ajdodlarimiz xotirasi

27. Qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning 1000 yillik qutlug‘ sanasi qachon keng nishonlandi?

1) 1970-yil
2) 1980-yils
3) 2000-yil
4) 2005-yil

28. Sendek menga bir yori jafokor topilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas. Baytda qo‘llangan jafokor, vafodor qanday so‘zlar?

1) antonim
2) sinonim
3) paronim
4) omonim

29. Qaysi kelishik qo‘shimchasining variantlari bor?

1) o‘rin-payt
2) tushum
3) jo‘nalish kelishigi
4) qaratqich

30. Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobi lotin tiliga necha marta tarjima qilingan?

1) 30 marta
2) 13 marta
3) 33 marta
4) 3 marta

31. Qaysi javobdagi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush almashinishi kuzatiladi?

1) tuproq, terak, idrok
2) qishloq, quloq, quduq
3) buloq, hudud, terak
4) idrok, ishtirok, hudud

32. Abu Ali ibn Sino bizga qancha ilmiy asar yozib qoldirgan?

1) 180 dan ortiq
2) 200 dan ortiq
3) 280 ga yaqin
4) 280 dan ortiq

33. 133. Ikki, olti, yetti sonlariga qanday qo‘shimcha qo‘shilsa, tovish tushish hodisasi kuzatiladi?

1) -ta
2) -ov, -ala
3) -tadan
4) -nchi

34. Qaro yer qa’ridan to avji Zuhal - Koinot mushkulin barin qildim hal, Ko‘p mushkul tugunni angladim, yechdim, Yechilmay qolgani birgina ajal. Ushbu to‘rtlik muallifini aniqlang?

1) Ibn Sino
2) Beruniy
3) Xorazmiy
4) Farobiy

35. 134. Men, sen olmoshlariga qanday qo‘shimcha qo‘shilsa, tovush tushish hodisasi kuzatiladi?

1) qaratqich kelishigi
2) tushum kelishigi
3) niki qo‘shimchasi
4) barchasi to‘g‘ri

36. Yaqin o‘tgan zamon qo‘shimchasi -di qaysi shaxsni ko‘rsatadi?

1) I shaxs birlik
2) II shaxs birlik
3) III shaxs birlik
4) III shaxs ko‘plik

37. … – hozirda mavjud bo‘lmagan narsa-hodisalarning istå’moldan butunlay chiqib kåtgan nomlaridir. Nuqtalar o‘rnida tushurib qoldirilgan so‘zni toping.

1) arxaik so‘zlar
2) olinma so‘zlar
3) dialektlar
4) tarixiy so‘zlar

38. … - hozirda mavjud bo‘lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan atamalaridir. Nuqtalar o‘rnida tushurib qoldirilgan so‘zni toping.

1) dialektlar
2) olinma so‘zlar
3) arxaik so‘zlar
4) tarixiy so‘zlar

39. Qaysi javobda faqat tarixiy so‘zlar keltirilgan?

1) mingboshi, ellikboshi, kanizak, mo‘ndi
2) mingboshi, ellikboshi, kanizak
3) omoch, oblast, xalfa, mo‘ndi
4) omoch, dodxoh, rayon, mo‘ndi

40. Qaysi javobda faqat arxaik so‘zlar keltirilgan?

1) ulus, budun, bitik
2) ulus, mingboshi, budun
3) xalfa, ulus, budun
4) ulus, budun, kanizak

41. Budun so‘zi hozirgi kunda qanday ma’no ifodalashini toping?

1) kitob
2) xalq
3) do'st
4) ko'p

42. 1546-yilda qurilgan va dastlab qirol saroyi vazifasini o‘tagan, hozirda esa dunyoning eng katta muzeyi hisoblanmish Parijdagi muzey nomini toping?

1) Parij
2) Ermitaj
3) Luvr
4) Uffitsi

43. Temuriylar tarixi davlat muzeyi qachon bunyod etilgan?

1) 1992-yilda
2) 1994-yilda
3) 1996-yilda
4) 1998-yilda

44. … – muzeylarda ko‘rgazmaga qo‘yilgan buyumlar, rasmlar, hujjatlar, kitoblar. Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri jvobni tanlang.

1) eksponat
2) kolleksiya
3) galereya
4) ko'rgazma

45. … - muzeylarda saqlanayotgan buyumlarning tartibga solingan to‘plami. Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni tanlang?

1) galereya
2) kolleksiya
3) ko'rgazma
4) eksponat

46. Xamirdan qil sug‘urganday iborasining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

1) qiyin
2) xafa
3) kutilmaganda
4) oson

47. Yurtimizdagi qaysi shahar qadimda “Choch”, “Shosh” nomlari bilan yuritilgan?

1) Samarqand
2) Navoiy
3) Toshkent
4) Andijon

48. Toshkent qachon O‘zbekistonning poytaxti deb e’lon qilindi?

1) 1925-yil
2) 1930-yil
3) 1935-yil
4) 1940-yil

49. 1924-1930-yillarda qaysi shahar O‘zbekiston Respublikasining poytaxti bo‘lgan?

1) Navoiy
2) Andijon
3) Toshkent
4) Samarqand

50. Maxdumi A’zam ziyoratgohi yurtimizning qaysi viloyatida joylashgan?

1) Toshkent
2) Samarqand
3) Buxoro
4) Farg'ona