Òåñò: O'zbek Tilidan test


Ñïèñîê âîïðîñîâ


1. Qaysi javobda atamalar ta’rifi berilgan?

1) aytilishi va yozilishi bir xil, ammo ma’nosi har xil so‘zlar.
2) qarama-qarshi ma’noli so‘zlar.
3) shakli har xil, ammo ma’nosi bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar.
4) ilm-fan, texnika, san’at, kasb-hunarga oid so‘zlar.

2. Qaysi qatorda unli tovushlar tushib qolgan?

1) uzr, faxr, matn, muhr.
2) dars, nasr, aql, asl, nazm.
3) tuzm, mudr, muhm, chiqm.
4) qism, qadr, satr, makr, umr.

3. Qaysi qatordagi so‘zlarda y harfi ortiqcha?

1) kiyik, kiyim, keyin, mayin.
2) buyruq, bayroq, diyonat, viloyat.
3) qoyida, oyila, doyira, shoyir, doyim.
4) o‘yla, biyron, bo‘yicha, qiyin.

4. O‘zbek tili uslublari qaysi javobda to‘liq keltirilgan?

1) ilmiy uslub, badiiy uslub, publitsistik uslub, so‘zlashuv uslubi, rasmiy uslub.
2) kitobiy uslub, matbuot uslubi, rasmiy uslub, ilmiy uslub, badiiy uslub.
3) ilmiy uslub, og‘zaki uslub, badiiy uslub, rasmiy uslub, so‘zlashuv uslubi.
4) rasmiy uslub, so‘zlashuv uslubi, yozma uslub, ilmiy uslub, badiiy uslub.

5. Kasbiy atamalar berilgan qatorni toping.

1) kitob, qalam, suhbat, mato.
2) tikuvchilik, ot, sifat, havo.
3) reyting, baho, nazorat, qaydnoma.
4) bino, lift, qavat, oshqovoq.

6. Imo-ishora qaysi uslubga xos?

1) so‘zlashuv uslubiga.
2) badiiy uslubga.
3) rasmiy uslubga.
4) ilmiy uslubga.

7. Ilmiy atamalar berilgan qatorni toping.

1) hayvon, yirtqich, o‘t, qalam.
2) xodim, parda, ketmon, kitob.
3) dehqon, ishchi, kamqonlik, osh.
4) grammatika, maxraj, nizom, tovar.

8. Ilmiy uslubga oid gapni aniqlang.

1) barcha javoblar to‘g‘ri.
2) To‘polondaryo – Surxondaryoning asosiy irmog‘i hisoblanadi.
3) Bosh harflar imlosi qoidalariga mos.
4) Qahrabo kimyoviy xususiyati jihatidan “betaraf”dir.

9. Qaysi javobda kuchli so‘ziga sinonim frazeologik birlik keltirilgan?

1) Xursandligidan og‘zi qulog‘iga yetdi.
2) Tog‘ni ursa talqon qiladi.
3) Qo‘li gul.
4) Tekkanga tegadi, tegmaganga kesak otadi.

10. Tishini tishiga qo‘yib yurdi. Iboraga sinonim so‘zni toping.

1) kuzatib.
2) izidan.
3) jasorat ko‘rsatib.
4) chidab.

11. Yuvosh so‘ziga sinonim iborani aniqlang.

1) Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi.
2) Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan.
3) Og‘zing qani desa qulog‘ini ko‘rsatadi.
4) Boshi ko‘kka yetdi.

12. Oynaga.... yetdi. Gapda tushirilgan so‘zni aniqlang.

1) tosh.
2) iniq.
3) darz.
4) dars.

13. Obrazlilik va estetik ta’sir etish ko‘proq qaysi nutq uslubining muhim belgisi?

1) badiiy uslub.
2) ilmiy uslib.
3) so‘zlashuv uslubi.
4) rasmiy uslub.

14. Qaysi gapda kelishik qo‘shimchasi noto‘g‘ri qo‘llangan?

1) Ishlab topganning noni lazzatli bo‘lur.
2) Kimning xati chiroyli ekan?
3) Qadrdon chehralarni ko‘rib turibman.
4) Cholni aytgani to‘g‘ri chiqdi.

15. Ilmiy atamalar berilgan qatorni toping?

1) hayot, soliq, qiziq.
2) narvon, shoti, sarlavha.
3) kub, kvadrat, integral.
4) jadval, teng, boshliq.

16. Aytilishi va yozilishi bir xil, atash ma’nolari turli xil so‘zlar qaysi qatorda berilgan?

1) - afzal-abzal, fol-pol.
2) aft, yuz, bashara.
3) tut, yut, oq.
4) buzoq, sigir, novvos.

17. Bahorda har xil gullar ochildi. Hammadan oldin bodom daraxti gullar. Berilgan gaplardagi ajratilgan so‘zlar qaysi guruhga mansub?

1) paronimlarga.
2) shakldoshlarga.
3) ma’nodoshlarga.
4) zid ma’noli so‘zlarga.

18. Bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki va undan ortiq so‘zlar ..?

1) ma’nodosh so‘zlar.
2) paronim so‘zlar.
3) shakldosh so‘zlar.
4) zid ma’noli so‘zlar.

19. Dalamizda salqin shabboda esdi. Ulug‘ madhiyaning yangroq ohangi olib ketdi tungi sho‘x sabo. Yel keltirar mayin bir ohang. Yana olib ketar nariga. Saharlab turaman, qutlayman tongni, bo‘yimga osilar subh shamoli. Ushbu gaplarda qo‘llangan ma’nodosh so‘zlar qatorini anqlang.

1) shabboda, yel, sabo, shamol.
2) salqin, sabo, mayin, yel.
3) shabboda, yel, subh.
4) shabboda, shamol, ohang.

20. Paytni bildiruvchi zid ma’noli so‘zlarni belgilang.

1) kecha-kunduz, yo‘g‘on-ingichka.
2) baland-past, ozg‘in-semiz.
3) ilgari-hozir, tonggi-tungi.
4) katta-kichik, avval-keyin.

21. Quyida berilgan gapdagi zid ma’noli so‘zlarni to‘liq qatorini aniqlang. Oq kun – baxt-u saodat, Qora kun – g‘am, musibat.

1) oq-qora.
2) oq-qora, baxt-g‘am, saodat-musibat.
3) oq-qora, g‘am-musibat.
4) oq-qora, baxt-g‘am.

22. Shakldosh so‘zlar berilgan qatorni belgilang.

1) qara, kura, bahor.
2) qor, qoshiq, sochiq.
3) bahor, bol, vaqt.
4) bor, yoz, suz.

23. Bir tovushi bilan farqlanuvchi paronim so‘zlarni belgilang.

1) toza-iflos, qisqa-uzun.
2) asir-asr, amr-amir.
3) tut, yut, oq, et.
4) zafar-g‘alaba, bahs-munozara.

24. Quyida berilgan gapda ajratilgan so‘zni uning ma’nodoshi bilan almashtiring. Keksalarning nuroniy aftidan xonadonlar yorishganday bo‘ladi.

1) basharasidan.
2) betidan.
3) yuzidan.
4) turqidan.

25. So‘zning paronimini qo‘llash bilan bog‘liq xato gapni aniqlang.

1) Sizning har bir so‘zingiz biz uchun tilladan abzal.
2) Mirzakarimboyni Toshkentning to‘rt dahasi biladi.
3) O‘zbek xalqi ichidan o‘nlab daholar yetishib chiqqan.
4) Boburning Kobul devoni topilgan emas.

26. So‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatoli gapni aniqlang.

1) Bir tup tok eksang, bir tup tol ek.
2) Ularning tup maqsadini bilib olishimiz kerak.
3) Ayni biz bop ketmon ekan,endi hech ham qiynalmaymiz.
4) Konstitutsiya 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat.

27. Holat fe’llari qatorini aniqlang.

1) aytmoq, yemoq, solmoq.
2) taralmoq, sakramoq, qaytarmoq.
3) o‘ylamoq, jilmaymoq, fikrlamoq.
4) eshitmoq, yiqilmoq, to‘xtamoq.

28. O‘timli fe’llar berilgan qatorni aniqlang.

1) almashmoq, jiringlamoq.
2) kiyinmoq, so‘ramoq.
3) yuzlanmoq, jilmaymoq.
4) quvontirmoq, joylashtirmoq.

29. Hozirgi zamon ma’nosi ifodalanmagan gapni toping.

1) Men ertaga Toshkentga jo‘nab ketyapman.
2) Maktabda kulgi kechasi o‘tkazilyapti.
3) Juda qattiq muomala qilyapsiz.
4) Hozir yomg‘ir yog‘ayotir.

30. -ni qaysi kelishik qo‘shimchasi?

1) o‘rin-payt kelishigi.
2) qaratqich kelishigi.
3) jo‘nalish kelishigi.
4) tushum kelishigi.

31. Qaysi qatorda o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi berilgan?

1) -ga.
2) -da.
3) -dan.
4) -ning.

32. Qaysi qatorda jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi berilgan?

1) -ning
2) -dan.
3) -ga.
4) -da.

33. Qaysi qatorda I shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchasi berilgan?

1) -(i)m.
2) -(i)miz.
3) -(i)ng.
4) -i, -si.

34. Qaysi qatorda II shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchasi berilgan?

1) -(i)ng.
2) -i, -si.
3) -(i)m.
4) -(i)miz.

35. Alisher Navoiy qachon tug‘ilgan?

1) 1483-yil 14-fevralda.
2) 1441-yil 9-fevralda.
3) 1441-yil 14-aprelda.
4) 1336-yil 9-aprelda.

36. Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi birinchi doston qanday nomlanadi?

1) “Mahzanul asror”.
2) “Matla-ul anvor”.
3) “Hayratul abror”.
4) “Muhokamatul lug‘atayn”.

37. Atamalar odatda qaysi uslubda ko‘proq qo‘llanadi?

1) ilmiy uslubda.
2) so‘zlashuv uslubida.
3) publitsistik uslubda.
4) rasmiy uslubda.

38. Qaysi qatorda morfologiyaga oid atamalar berilgan?

1) undosh, qo‘shma ot, bog‘lovchi, hol.
2) yordamchi so‘z turkumi, fe’l, qo‘shma ot, yuklama.
3) kelishik, grafika, so‘z birikmasi, qo‘shimcha.
4) to‘ldiruvchi, hol, ajratilgan bo‘lak, gap.

39. Sintaksisga oid atamalar berilgan qatorni aniqlang.

1) orfografiya, kalligrafiya, geografiya.
2) so‘z birikmasi, gap, ko‘chirma gap, fonema.
3) kelishik qo‘shimchasi, o‘zak, asos.
4) to‘ldiruvchi, hol, ajratilgan bo‘lak, so‘z birikmasi.

40. Fonetika bo‘limiga xos atamalar qaysi qatorda berilgan?

1) tovush, fonema, urg‘u, bo‘g‘in.
2) undalma, uyushiq bo‘lakli gap, aniqlovchi.
3) o‘zak, negiz, qo‘shma ot, yuklama.
4) tovush, unlilar, undoshlar, kelishiklar.

41. So‘zlashuv nutqining o‘ziga xos xususiyatlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

1) axborot berish yetakchilik qiladi.
2) so‘zlar tartibi erkin bo‘ladi.
3) obrazlilik orqali estetik ta’sir ko‘rsatadi.
4) barcha javoblar to‘g‘ri.

42. Qaysi uslubda so‘zlar ko‘chma ma’noda ishlatilmaydi?

1) ommabop uslub.
2) badiiy uslub.
3) rasmiy uslub.
4) so‘zlashuv uslubi.

43. Fan va texnika tili qaysi uslubni yuzaga keltiradi?

1) rasmiy uslub.
2) ilmiy uslub.
3) badiiy uslub.
4) ommabop uslub.

44. Qaysi uslubning asosini atamalar, ta’riflar, qoidalar, qonunlar tashkil etadi?

1) rasmiy uslub.
2) ilmiy uslub.
3) ommabop uslub.
4) so‘zlashuv uslubi.

45. Davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning ish yuritish jarayonida foydalaniladigan uslub… .

1) publitsisitik uslub.
2) ilmiy uslub.
3) rasmiy uslub.
4) badiiy uslub.

46. “Moddalar tarkibining doimiyligi qonuni kimyoning asosiy qonunlaridan biridir”. Ushbu gap nutq uslublarining qaysi turiga mansub?

1) ilmiy uslub.
2) rasmiy uslub.
3) publitsistik uslub.
4) badiiy uslub.

47. Badiiy uslubga xos gap berilgan qatorni aniqlang.

1) Fe’llar harakat ma’nosini bildiruvchi so‘zlardir.
2) Ertaga soat 15:00 da maktab jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘ladi.
3) Har qanday toza modda olinish usulidan qat’iy nazar, o‘zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega bo‘ladi.
4) Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi.

48. Badiiy uslubga xos gap berilgan qatorni aniqlang.

1) Iymon nuri oqib turar bir gavhar bor qonimizda, Ne-ne buyuk bobolarning bardoshi bor jonimizda.
2) Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan.
3) Qadamingni o‘rinsiz tezlashtirsang, qoqilib yiqilishing mumkin.
4) Maktab jamoasining umumiy yig‘ilishi qachon bo‘ladi?

49. Adabiyot so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni bildiradi?

1) forscha, axloq.
2) arabcha, odob.
3) yunoncha, odob.
4) lotincha, axloq.

50. “Qutadg‘u bilig” asarining muallifi qaysi javobda ko‘rsatilgan?

1) Navoiy.
2) Kaykovus.
3) Yusuf Xos Hojib.
4) Firdavsiy.