Òåñò: 9-o`zbek. (2019) Dukchi eshon qo‘zg‘oloni


Ñïèñîê âîïðîñîâ


1. Quyidagi voqealarni ular sodir bo‘lgan yillar asosida muvofiqlashtiring. 1. «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom» qabul qilindi; 2. Farg‘ona viloyatiga Rossiyadan ko‘plab aholi ko‘chirib keltirildi; 3. Dukchi eshon boshchiligida Andijon qo‘zg‘oloni sodir bo‘ldi. a) 1891-yil; b) 1886-yil; c) 1898-yil.

1) 1-c, 2-b, 3-a
2) 1-a, 2-c, 3-b
3) 1-b, 2-a, 3-c
4) 1-a, 2-b, 3-c

2. Qaysi huquqiy hujjatga ko‘ra Turkistonda mustamlaka siyosati qonun hujjatlari asosida mustahkamlab qo‘yilgan?

1) «Stolipinning agrar islohoti»
2) «Rus aholisini armiyaga chaqirmaslik to‘g‘risidagi Nizom»
3) «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»
4) «Turkiston general-gebernatori Nizomi»

3. Ruslar tomonidan Turkistonda joriy etilgan qaysi nizomning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi bu o‘lkada yer masalasini mustamlakachilik manfaatlariga moslashtirish bo‘lgan?

1) «Turkiston general-gebernatori Nizomi»
2) «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»
3) «Rus aholisini armiyaga chaqirmaslik to‘g‘risidagi Nizom»
4) «Stolipinning agrar islohoti»

4. Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko‘plab aholining ko‘chib keltirilishi qaysi hududda ahvolning ancha yomonlashuviga olib kelgan?

1) Samarqand vohasi
2) Sirdaryo viloyati
3) Toshkent viloyati
4) Farg‘ona vodiysi

5. 1898-yilgi Andijon qo‘zg‘oloniga kim boshchilik qilgan?

1) Muhammad Ali
2) Turdi Ali
3) Mulla Mahmud
4) G‘oyibnazar

6. Dukchi eshonning asl ismi kim edi?

1) Abdulqodir
2) Mulla Mahmud
3) Muhammad Ali
4) Mulla Ali

7. Dukchi eshon qaysi yillarda yashab o‘tgan?

1) 1828-1900-yillar
2) 1846-1898-yillar
3) 1851-1898-yillar
4) 1840-1905-yillar

8. Oddiy fizikaviy holatlardan foydalanib sodda xalq o‘rtasida mo‘jizalar ko‘rsatgan«avliyo» kim edi?

1) Muhammad Ali
2) Mahmud Tarobiy
3) Muqanna
4) Mahmudxo‘ja Behbudiy

9. Quyidagi sanalarni ularga oid ma’lumotlar asosida muvofiqlashtiring. 1. Dukchi eshon qo‘zg‘oloni boshlandi; 2. Farg‘ona vodiysida qo‘zg‘olon boshlandi; 3. Korolkov tomonidan Farg‘ona viloyat harbiy gubernatori va bir qancha amaldorlar lavozimidan bo‘shatildi. a) 1898-yil 17-may; b) 1899-yil 20-iyun; c) 1898-yil 20-may.

1) 1-a, 2-c, 3-b
2) 1-b, 2-a, 3-c
3) 1-c, 2-b, 3-a
4) 1-a, 2-b, 3-c

10. Muhammad Ali boshchilgidagi Andijon qo‘zg‘oloni qaysi voqeadan boshlangan?

1) Tojikqishloqdagi telegraf simlarining qirqib tashlanishi bilan
2) Vrevskiyning lavozimidan ozod etilishidan
3) Asaka pristavining o‘ldirilishidan
4) Andijondagi harbiy kazarmaga hujumdan

11. Dukchi eshon qo‘zg‘oloni davrida qo‘zg‘olonchilar tomonidan qaysi shahar pristavi o‘ldirilgan?

1) Namangan pristavi
2) Asaka pristavi
3) Toshkent pristavi
4) Qutchi pristavi

12. Dukchi eshon qo‘zg‘olonida qatnashgan quyidagi shaxslarni ularga oid ma’lumotlar asosida muvofiqlahtiring. 1. Qo‘zg‘olonning bir qismiga kim boshchilik qilgan; 2. Dukchi eshonga qo‘shilmasdan mustamlakachilarga qarshi kurash olib borishga harakat qilib taktik xatoga yo‘l qo‘ygan; 3. qo‘zg‘olonchilar Qo‘yli qishlog‘iga kelganda ularning safiga o‘z odamlari bilan kelib qo‘shilgan mingboshi; a) G‘oyibnazar; b) Chibil bo‘lisi; c) Ziyovuddin maxsum.

1) 1-a, 2-c, 3-b
2) 1-c, 2-b, 3-a
3) 1-b, 2-a, 3-c
4) 1-a, 2-b, 3-c

13. Dukchi eshon qo‘zg‘oloniga oid ma’lumotlarni muvofiqlashtiring. 1. qo‘zg‘olonchilar ushbu qishloqqa kelganda ularning safiga yana 200 kishi qo‘shiladi; 2. qo‘zg‘olonchilar ushbu qishloqdagi telegraf simlarini qirqib tashlashgan; 3. qo‘zg‘olonchilar ushbu qishloqqa kelganda ularning safiga mingboshi G‘oyibnazar o‘z odamlari bilan qo‘shiladi. a) Tojikqishloq; b) Qutchi; c) Qo‘yli.

1) 1-a, 2-c, 3-b
2) 1-c, 2-b, 3-a
3) 1-b, 2-a, 3-c
4) 1-a, 2-b, 3-c

14. Dukchi eshon qo‘zg‘oloni davrida qo‘zg‘olonchilar Andijondagi qaysi binoga hujum qilgan?

1) pristav uyiga
2) rus cherkoviga
3) bosh masjidga
4) harbiy kazarmaga

15. Dukchi eshon qo‘zg‘oloniga oid quyidagi raqamlarni muvofiqlashtiring. 1. Andijondagi harbiy kazarma jangchilaridan halok bo‘lgan askarlar soni; 2. Andijondagi harbiy kazarma jangchilaridan yarador bo‘lgan askarlar soni; 3. Qo‘zg‘olonchilardan halok bo‘lgan askarlar soni; 4. Qo‘zg‘olonchilardan yarador bo‘lgan askarlar soni. a) 8 nafar; b) 11 nafar; c) 22 nafar.

1) 1-c, 2-c, 3-b, 4-a
2) 1-b, 2-a, 3-c, 4-c
3) 1-b, 2-c, 3-a, 4-a
4) 1-c, 2-b, 3-c, 4-a

16. Dukchi eshon qo‘zg‘oloni Andijon shahrining qaysi qismida kuchli vahima uyg‘otgan?

1) yahudiylar mahallasida
2) ruslar yashaydigan Yangi shaharda
3) mahalliy aholi yashaydigan Eski shaharda
4) hunarmandlar istiqomat qiluvchi mavzeda

17. Quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri N. Korolkov haqida emas?

1) Andijondagi 1898-yil qo‘zg‘olonidan keyin podsho Nikolay II tomonidan vaqtinchalik Turkiston general-gubernatori etib tayinlangan
2) o‘lim jazosini ko‘paytrimaslik haqida Duxovskiyga telegramma yuborgan
3) Sirdaryo viloyatida harbiy gubernator lavozimida ishlagan
4) Mustamlakachilik siyosatini o‘ta qattiqqo‘llik bilan amalga oshirish borasida nafaqat o‘lkada, balki imperiya hukmron doiralari orasida ham tanilgan

18. Quyidagi rus amaldorlarini ularga oid ma’lumotlar asosida muvofiqlashtiring. 1. Dukchi eshon qo‘zg‘olonidan so‘ng qo‘zg‘olonchilarni batamom yo‘q qilishga qaratilgan jazo ekspeditsiyasiga shaxsan rahbarlik qilgan; 2. S. M. Duxovskoyga o‘lim jazosini ko‘paytirmaslik haqida telegramma jo‘natgan harbiy vazir; 3. Dukchi eshon qo‘zg‘olonidan keyin Nikolay II tomonidan lavozimidan chetlatilgan Turkiston general-gubernatori; 4. Dukchi eshon qo‘zg‘oloni davrida o‘z uyidan telefon orqali harbiy kuchlarni chaqirgan tumanboshi. a) A. N. Kuropatkin; b) A. Vrevskiy; c) Konshevskiy; d) N.Korolkov.

1) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c
2) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c
3) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a
4) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a

19. Quyidagi qaysi ma’lumotda xatolik mavjud?

1) Konshevskiyning unvoni polkovnik bo‘lgan
2) A. Vrevskiy general-leytenant unvoniga ega bo‘lgan
3) Dukchi eshon qo‘zg‘oloni davrida Konshevskiy tumanboshi lavozimida ishlagan
4) Dukchi eshon qo‘zg‘oloni davrida S. M. Duxovskoy harbiy vazir lavozimida ishlagan

20. Dukchi eshon qo‘zg‘oloni bostirilgach jami qancha kishi hibsga olingan?

1) ikki ming
2) uch ming
3) to‘rt ming
4) besh ming